Kitobsiz taraqqiyotga va yuksak manaviyatga erishib bo’lmaydi!

Navoiy shahri Alisher Navoiy bog’ida “Kitobsiz taraqqiyotga va yuksak manaviyatga erishib bo’lmaydi” shiori ostida kitob sayli tadbiri bo’lib o’tdi. Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari T.Yu.Norchayev, fakultet professor-o‘qituvchi va  talabalari qatnashdi. Tadbirda viloyat hokim o’rinbosari F.Soliyev ma’ruza qildi. F.Soliyev Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasining tashabbusi bilan bo’lib o’tayotganligini alohida ta’kidlab, 5 ta muhim tashabbusning biri kitobxonlikni targ’ib qilish maqsadida tashkil etilganini aytib o’tdi. Tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga fakultet “Yoshlar ittifoqi” kengashi tomonidan kitoblar jamlanmasi taqdim etildi. Tadbir nihoyasi talabalarning xalq shoirlari she’rlarining ifodali o’qilishi bilan yakunlandi.