Sirdaryoliklar — biz Siz bilan yelkadoshmiz!

Shu kunlarda butun xalqimiz Sirdaryo viloyati aholisi boshiga tushgan tashvishli kunlarni o‘ziniki deb bilib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatishga shoshilmoqda. Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Boypo‘latovich Sobirov Navoiy shahrida joylashga «Yoshlar markazi» binosiga Sirdaryo viloyatiga qilinayotgan «Saxovat karvoni» uchun tashkil etilgan NDPI shtabini ko‘zdan kechirdi.

Institutimiz  professor-o‘qituvchilari va kungilli  talabalari ham «Sirdaryoliklarga yordam ko‘rsatish markazi» da oziq-ovqat mahsulotlar, kiyim-kechak, idish-tovoq, gigiyenik vositalarni shtabga topshirdi.Institutning faol talaba yoshlari esa markazga topshirilayotgan mahsulotlarni turlarga ajratib qayta qadoqlashga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

Saxovatpesha xalqimiz bu sinovli kunlarda ham bir-biriga yelkadosh bo‘lib, birgalikda bu qiyin damlarni ham yengib o‘ta oladilar. Navoiy davlat pedagogika instituti har tomonlama Sirdaryolik yurtdoshlarimizga suyanch bo‘lishga tayyor!

Leave a Reply